2018 yil 19 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi işçi guruhining “Mediatsiya töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bağişlangan yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: senat.uz

Işçi guruh Özbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Boş prokuraturasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi, Savdo-sanoat palatasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, “Mahalla” fondi va boşqa manfaatdor idora hamda ilmiy doiralar vakillaridan tarkib topgan.

“Mediatsiya töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan  2018 yil 12 iyun kuni qabul qilindi.

Qonunning maqsadi Özbekiston Respublikasida nizolarni tartibga solişning muqobil usullarini rivojlantiriş uçun huquqiy şart-şaroitlar yaratişdan, Özbekiston Respublikasining sud tizimiga tuşadigan bosimni kamaytirişdan iborat.

Qonun fuqarolik huquqiy munosabatlardan, şu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş munosabati bilan kelib çiqadigan nizolarga, şuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan nizolarga mediatsiyani qöllaş bilan boğliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun jamoat manfaatlariga hamda mediatsiyada iştirok etmayotgan uçinçi şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilişi mumkin bölgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Foto: senat.uz

Mediatsiya instituti bugungi kunda dunyoning köpgina mamlakatlarida, şu jumladan AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya Respublikasi, Hindistonda taşkil etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda.

Uşbu Qonun muhokamasi yakunlari böyiça işçi guruh tomonidan uni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.