Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda er xotini urgani uchun ichki ishlar xodimlarini chaqirtirdi
Samarqand viloyatining Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi, deb yozmoqda “Zarafshon” nashri “Paxtakor ovozi” gazetasiga asosan.
“Tumanimizning “Istiqlol” mahallasida yashovchi B.A. 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib qat'iy ohangda ichki ishlar xodimlarining himoya qilishlarini so‘radi. Axir, N.T. eri B.A.ni yomon urib, tan jarohati yetkazibdi.
Nigora baquvvat xotin bo‘lsa kerakki, erkaklar undan himoyalanish uchun chetdan madad so‘rayapti”, deb yozadi “Paxtakor ovozi”.
Nashrning yana bir xabarida boshqa bir erkak kelini ustidan shikoyat qilib 102ga qo‘ng‘iroq qilibdi.
“Yonariq”lik G.U.ning erining uyida qilgan janjali qaynotasi o‘takasini yorgan shekilli, o‘g‘li qolib, o‘zi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kelini dastidan “dod” dedi. Ishqilib, “zaif”gina erkak zoti qattiqroq shikast yemagan bo‘lsa bo‘ldi, deb yozadi maqola muallifi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026