08:07 / 20.06.2018
7600

Turkiya S-400’ni xarid qilishdan voz kechmaydigan bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Ruslan Krivobok

Turkiya AQSh senatining Anqaraning F-35 qiruvchi samolyotini ishlab chiqarish dasturidagi ishtirokini to‘xtatish qaroriga qaramay, Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olishdan voz kechmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushg‘o‘lu ma'lum qildi.    

“Sun'iy inqirozlar yaratish – bu G‘arbning uslubi. Ular xohlasam sotaman, xohlamasam sotmayman, deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri yondashuvdir, bu munosabatlarni inqirozga olib keladi. Biz S-400’ni sotib oldik va keling bu mavzuni yopamiz”, deb aytgan Chovushg‘o‘lu.   

Chovushg‘o‘luning aytishicha, Anqara Vashingtonga F-35 dasturi bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib bergan va ilk samolyotlar unga 21 iyunda yetkazib berilishi kerak edi. Uning ta'kidlashicha, S-400’ning sotib olinishi “NATOga ziyon yetkazmaydi”.

2017 yil sentabrda Moskva va Anqara Turkiyaga S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzgan. Kelishuv qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil etadi, ushbu qiymatning yarmidan ko‘pi Rossiya krediti hisobiga qoplanadi. 

Mavzuga oid
Top