Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston davlat hamda xususiy sektorlari o‘rtasidagi muloqotning birinchi raundi qaysi viloyatda o‘tishi ma'lum
Afg‘oniston Islom Respublikasi (AIR) prezidentining Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargar boshchiligidagi AIR delegatsiyasi ikki mamlakatning davlat va xususiy sektorlari o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Muloqotning birinchi bosqichi 2018 yilning 20 iyunida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston tomondan Tashqi savdo vazirligi rahbari Jamshid Xo‘jayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etadi.
AIR delegatsiyasi tarkibiga Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Said Shahobiddin Timuriy, idoralar va ishchi doiralar vakillari kiradi.
Afg‘onistonning ishchi doiralari uchun Surxondaryo viloyatida savdo, investitsiyalar, tranzit va transport masalalari bo‘yicha B2G formatidagi alohida sektsion yig‘ilishlar o‘tkaziladi.
Shuningdek B2B formatida kooperatsion birja hamda AIR delegatsiyasi va Surxondaryo viloyati ishbilarmonlari ishtirok etuvchi biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida mintaqaning faoliyati eksportga yo‘naltirilgan korxonalariga borish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026