17:29 / 21.06.2018
9240

Amerikalik faxriylar Trampga KXDR bo‘yicha eslatma bilan chiqishdi

Foto: VCG

Koreya urushida ishtirok etgan AQSh faxriylari Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi sammit bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi, deb xabar qilmoqda CNBC.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari sobiq zobiti Jyek Kipning so‘zlariga ko‘ra, urush holatida o‘tgan 66 yildan so‘ng real tinchlik bitimi uchun vaqt keldi. O‘tgan vaqt davomida «hech kim g‘alaba qozonmadi, biroq barcha mag‘lub bo‘ldi». 83 yoshli faxriyning ta'kidlashicha, Shimoliy va Janubiy Koreya, shuningdek, faxriylar bu muzokaralar tinchlik bitimi bilan yakunlanishini olqishlagan bo‘lardi.

«Biz, Koreya urushi vaqtida xizmat qilganlar, 50-yillarda, keyin esa Vetnam bilan sulhga erishish uchun ikki yil talab etilganini eslaymiz. Biz kommunistlar bilan kurashda ehtiyotkor bo‘lish lozimligini ham tushunib turibmiz», - degan faxriy.

AQSh harbiy-havo kuchlarining KXDRdagi tibbiyot xodimi sifatida xizmat qilgan 82 yoshli Tim Uitmorning aytishicha, Donald Tramp va Kim Chen In sammiti shunday tez yuz bergani «boshni aylantirib yuborishga qodir».

Faxriyning qayd etishicha, KXDR bilan tinchlik bitimi o‘rnatilishi uchun qanday narxni to‘lash lozimligiga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Shuningdek, Uitmorning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya hukumati tomonidan bajarilgan qandaydir jiddiy majburiyatni eslay olmaydi. 

Ta'kidlanishicha, Koreya yarim orolida 1950 yildan 1953 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 35 mingdan ziyod amerikalik halok bo‘lgan.

Bu harbiy mojaroni, unga urush vaqtida hamda undan so‘ng kam e'tibor berilgani uchun «yoddan chiqarilgan urush» deb ham atashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Putinga nima haqida yozgani ma'lum bo‘lgandi.

Top