Jahon | 22:30 / 21.06.2018
17487
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya bosh vaziri ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi

Yangi Zelandiya bosh vaziri, 37 yoshli Jasinda Ardern 21 iyunda ilk bor ona bo‘ldi. Ayol bosh vazir qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda New Zealand Herald nashri ma'lum qildi. 

Qizcha Ardern va uning hamrohi, Yangi Zelandiyada efirga uzatiluvchi baliqchilik haqida ommaviy ko‘rsatuv boshlovchisi Klark Geyfordning birinchi farzandi bo‘ldi. 

Foto: Instagram / jacindaardern
 

Ardern qizchasi bilan birga tushgan suratni Instagram’da joylashtirgan. Ona farzandi sog‘lom tug‘ilgani va o‘zi ham yaxshi ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Bu amaldagi ayol bosh vazir farzand ko‘rgan tarixdagi ikkinchi holatdir. Bosh vazir bo‘la turib farzand dunyoga keltirgan birinchi ayol Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Bxutto hisoblanadi. U ham 1990 yilda qiz farzand dunyoga keltirgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Ardern qizi tug‘ilishi munosabati bilan 6 haftaga tug‘uruq ta'tiliga ketgan. Uning vazifalarini tashqi ishlar vaziri Uinston Piters vaqtinchalik bajarib turadi.

Mavzuga oid