Jamiyat | 21:20 / 21.06.2018
10434
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida “Harakat dasturi”ning ijrosi

Toshkent viloyati Toshkent tumani ta'lim muassasalarida  yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada olib borilmoqda. Tumandagi 31ta ta'lim muassasasida va 1ta “Barkamol avlod” bolalar markazida 1300dan ziyod pedagoglar faoliyat yuritadi.  Joriy yilda ushbu ta'lim dargohlarida jami 20ta 10-sinflar ochilib, 506 nafar o‘quvchi qamrab olindi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta'limi vazirligining ko‘rsatmalari asosida Toshkent tumanidagi har bir ta'lim maskanida “Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha harakatlar dasturi” ishlab chiqilgan va shu dastur asosida ishlar tashkil qilinmoqda. Mazkur dastur o‘z ichiga 6 ta asosiy yo‘nalishni qamrab olgan:

1.O‘quv binolarini ta'mirlash va maktab hududini obodonlashtirish;

2.Sinflarni zarur jihozlar bilan ta'minlash;

3.O‘quvchilarni darsliklar,o‘qituvchilarni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta'minlash;

4.O‘quv jarayonining pedagogik va metodik ta'minotini yo‘lga qo‘yish;

5. O‘quv jarayonida AKTdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

6. Ta'lim sifatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar.

Ushbu dastur ijrosi bo‘yicha tumandagi 26-umumta'lim maktabi eng namunali maktab deb topildi va maktabda dastur mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida “Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha harakatlar dasturi”mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda maktab direktorlari,maktab direktorining o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktab psixologlari,defektologlar,kutubxonachi va hamshiralar,18ta fan doirasida jami 810 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi.Taqdimotlar asosida dastur mohiyati va kelgusi rejalar haqida yig‘ilganlarga  ma'lumotlar berildi.Barcha ma'lumotlarni o‘rgangan holda yangi o‘quv yiliga tatbiq etilishiga e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid