22:22 / 25.06.2018
24214

Kun.uz tahririyatining rasmiy bayonoti

Qisqa muddat ichida Kun.uz​, Xabar.uz, Qalampir.uz, Sof.uz va Azon.uz saytlari bilan yuz bergan texnik nosozlik masalasi yuzasidan tahririyatlar mutasaddilari bir qancha rasmiy shaxslar bilan uchrashdi.

25 iyun kuni Kun.uz​, Xabar.uz va Qalampir.uz saytlari rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Axmedxadjayev yuzaga kelgan texnik muammolarni zudlik bilan hal etishda vazirlik vakolati doirasida barcha yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida internet-nashrlari va AKT vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, axborot xavfsizligini ta'minlash, elektron OAVni qiynab kelayotgan boshqa masalalarni hal etish haqida ham so‘z bordi.

Hurmatli Kun.uz mushtariylari!

Ushbu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq va boshqa internet segmentlarida tarqatilayotgan tekshirilmagan xabarlardan saqlanishingizni tavsiya qilamiz. Erkin va mustaqil jurnalistika katta islohotlarga yuz burgan O‘zbekistonning ajralmas bir qismi bo‘lib, so‘nggi paytda davlat rahbari, hukumat a'zolari va parlamentariylar bunga katta ahamiyat bermoqda.

Kun.uz sayti bilan yuz bergan texnik nosozlik tez orada bartaraf etilishi ustida ish olib borilmoqda. Bizni kuzatib borishingizdan mamnunmiz.

Mavzuga oid
Top