Kun.uz’ga 21-22 noyabr kunlari “Uzbekistan Airways”ning Toşkent-London-Toşkent yönalişidagi parvozlar oxiriga yetmay, keçikkani yuzasidan murojaat kelib tuşdi.

21 noyabr kuni Toşkentdan Londonga uçayotgan yölovçilardan birining yozişiça, ular Frankfurtda mahalliy vaqt bilan 17:00da qönişga majbur bölişgan. Aviakompaniya vakillari bunga yoqilği quyiş sabab bölganini aytgan.

“Keyin esa bir soat içida uçib ketamiz deyişdi. Yölovçilarni tranzit zonasiga olib ketişdi va soat 21:00 gaça u yerda heç qanday e’lon bermasdan uşlab turişdi. Reysda köplab bolalar va qariyalar bor edi.

Bizning noroziligimizdan söng, Lufthansa reysiga ötkazişga harakat qilişlarini aytişdi. Lekin, albatta, heç kimni bortga olişmadi, xuddi ular bu holatga birinçi marta şunday duç kelgandek taassurot qoldirişdi.

Dippasport va Şengen vizasi bölganlarni olib, mehmonxonaga joylaştirişdi, tunda ularga elektron çiptalar berib, ertalabki London reysi bilan Lufthansa orqali jönatişdi. Köplab Şengen vizasi yöq yölovçilar esa [keyinroq] 01:40 da mehmonxonaga joylaşdi. Bizga heç qanday aniq ma’lumot berişmadi, vaqtni çözişdi”, – deydi yölovçi.

Özbekiston havo yöllari 2 tomonlama reys haqiqatan ham keçikkanini ma’lum qilgan. Qayd etilişiça, Frankfurt aeroportida amalga oşirilgan rejasiz qöniş sababli HY201/202 reyslarining keyingi uçiş vaqti, texnik sabablarga köra, 22 noyabr sanasiga köçirilgan.

Şunga asosan mahalliy vaqtlar bilan parvoz quyidagiça belgilangan:

  • Frankfurt şahridan uçib ketiş – 15:00
  • Londonga yetib keliş – 15:25
  • Londondan uçib ketiş – 17:00
  • Toşkentga yetib keliş – 04:55 (23 noyabr)

Yana bir yölovçi esa yangilangan parvoz vaqti ham bekor qilinganini, aviakompaniya terminalda qolganlarga aloqaga çiqmayotganini aytmoqda.

“Biz Taşkent–Heathrow [Londondagi aeroport nomi] reysi orqali 21 noyabr kuni uçib kelişimiz kerak edi, lekin yoqilği yetişmasligi deb aldab 1 kundan beri heç qanday xabarsiz terminalda uşlab turişibdi.

Qaçon uçişimiz ham noma’lum, 1-2 kun ham bölişi mumkin ekan. Odamlar Londondagi hamma olmipiada musobaqalarini, sayohatlarini bekor qilişdi. Şu reys bilan juda muammo bölyapti. Hamma yozganlari yolğon. Keçasi soat 02:30 gaça aeroportda olib yurib oxiri zörğa hotelga joylaştirişdm. Bugunam bergan vaqtini bekor qildi. Umuman vakillari aloqaga çiqmayapti”, – deydi u.

Kun.uz’ga Frankfurt aeroportida bölib turgan yölovçilar video ham yöllaşgan. Unda aviakompaniyadagilar bilan muloqot davom etayotgani, reys böyiça bir qarorga kelinmay, turli variantlar körib çiqilayotgani aytiladi.