Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosidagi Chilonzor liniyasida poyezdning texnik nosozligi sabab intervallar cho‘zildi
Nosozlik “Hamid Olimjon” – “Pushkin” bekatlari oralig‘ida metro poyezdining elektr energiyasini qabul qilish qismida bo‘lgan. 6 daqiqalik uzilishda Chilonzor liniyasidagi boshqa bekatlarda intervallar 10 daqiqagacha uzaygan. Rasmiylarga ko‘ra, bu harakat tarkibidan 48 yildan beri foydalaniladi. Ancha avvalroq metropolitendagi mavjud poyezdlarning 75 foizi xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani aytilgandi.
Foto: Videodan kadr
Kun.uz’ga poytaxt metrosidagi ayrim bekatlardan poyezdlar harakatida uzilish yuzaga kelib, intervallar 10 daqiqagacha uzaygani haqida murojaat kelib tushdi.
Toshkent metropolitenining rasmiy munosabatiga ko‘ra, holat shu yilning 24 sentabr sanasi soat 15:31 lar atrofida “Hamid Olimjon” – “Pushkin” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan 6-sonli harakat tarkibi bilan sodir bo‘lgan. Poyezdning elektr energiyasini qabul qilish qismida texnik nosozlik kuzatilgan.
“Shu sababli ushbu poyezd 6 daqiqa to‘xtab qolgan. Mavjud nosozlik holati bartaraf etilganidan so‘ng poyezdlar harakati qayta tiklandi. Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
Rasmiylarning Kun.uzʼga tasdiqlashicha, ayni vaziyat sabab Chilonzor liniyasidagi boshqa bekatlarda poyezdlar intervali uzayib ketgani rost. Bu nosozlik aniqlangan harakat tarkibi eski bo‘lgani bilan izohlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, undan metropoliten 48 yildan beri foydalanib keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Toshkent metropoliteni” vakillari poytaxt metro vagonlarining yarmidan ko‘pi foydalanish muddatini o‘tab bo‘lganini ma’lum qilgandi. O‘shanda 256 ta vagon mavjud ekani, shuning 75 foizi 80-89 yillarda ishlab chiqarilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:05 / 01.12.2025
Temiryo‘llari tizimida monopoliya tugatiladimi?
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
15:42 / 22.11.2025
Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishidagi reys texnik nosozlik sabab kechikmoqda
10:59 / 10.11.2025