21:03 / 25.06.2018
5243

O‘zbekistonlik para-atletikachilar Rio-2016 paralimpiya o‘yinlari chempionlarini ortda qoldirishmoqda

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

22-25 iyun kunlari Tunisda paralimpiyaning yengil atletika sport turi bo‘yicha Xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 20 davlatdan 180 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 9 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.

Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining KUN.UZ'ga xabar berishicha, hamyurtlarimiz ushbu nufuzli turnirda 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. Jumladan:

Axmedov Doniyor

200 m yugurish 00:22.75 - oltin medal;

100 m yugurish 00:11.38 - kumush medal;

400 m yugurish 00:53.71 - bronza medal.

Saxatov Miron

Uzunlikka sakrash 5.58 m - kumush medal.

Qurbonov Mirjalol

100 m yugurish 00:12.79 - kumush medal.

Murodullayev Marufjon

400 m yugurish 00:52.02 – kumush medal;

800 m yugurish 02:02.89 – bronza medal;

1500 m yugurish 04:26.74 – bronza medal.

Yana bir hamyurtimiz Sultonov Elbek disk uloqtirish bo‘yicha (36.42 m) kumush medalni qo‘lga kiritib, yadro otishda Rio-2016 paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, eronlik sportchi Saman Pakbazdan ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:30 da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qaytadi.

Top