Tunis sudi sobiq prezident Monsef Marzukini sirtdan 22 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 21 iyun, şanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. Tunisning amaldagi rahbari Kays Saidning aşaddiy tanqidçisi davlat xavfsizligiga putur yetkazişda ayblanmoqda.
«Men bu sudyalarga aytaman: hukmlaringiz haqiqiy emas... Tez orada sud qilinasiz. Demokratiya qaytadi», — dedi Parijda surgunda bölgan 79 yoşli Marzuki hukmni şarhlar ekan.
Marzuki 2011 yildan 2014 yilgaça davlat rahbari lavozimida işlagan. Siyosatçi Saidni parlamentni hokimiyatdan mahrum qilganidan keyin avtoritar tuzum örnatişda ayblaydi. Davlat rahbari, öz navbatida, uning harakatlari mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun zarur bölganini ta’kidlaydi.
Gap Marzukiga çiqarilgan uçinçi hukm haqida ketmoqda.
Tunis bir neça yillardan beri iqtisodiy inqirozni boşdan keçirmoqda, aholi bir qator mahsulotlarga, xususan, qahva, sut va şakar sotib olişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. 2021 yilning yozida Said hukumatni iste’foga çiqardi va parlament işini muzlatib qöydi. Bundan taşqari, u öz vakolatlarini kengaytirgan yangi konstitutsiyaning qabul qilinişiga erişdi.









