Jahon | 22:37 / 27.06.2018
24205
2 daqiqa o‘qiladi

“Har bir nafas og‘riq keltiradi”: Antarktidada rekord darajadagi sovuq harorat qayd qilindi

Sayyoramiz sirtidagi tabiiy muzlarni o‘rganuvchi olimlar Antarktidada yangi harorat rekordi haqida xabar qilishdi. Ular qit'aning sharqida harorat 98 daraja sovuqqacha tushib ketgan 100 ga yaqin holatni qayd qilishgan, deb xabar berdi Geophysical Research Letters nashri. Mutaxassislar bunday ko‘rsatkichlarni 2004-2016 yillar qish faslida quruq va ochiq havoda kichik pastliklarda kuzatishgan.

Avvalgi rekord sovuq harorat 2010 yilda Yaponiyaning Antarktidadagi “Fudzi gumbazi” stansiyasida qayd qilingan. O‘shanda harorat minus 93,2 darajagacha tushib ketgan.  

“Men hech qachon bunday sovuqda bo‘lmaganman va umid qilaman, bo‘lmayman ham. Aytishlaricha, u yerda har bir nafas og‘riq keltiradi va nafas olishda tomoq hamda nafas olish a'zolarini sovqotirib olmaslik uchun juda ehtiyot bo‘lish lozim”, deb aytmoqda tadqiqot mualliflaridan biri Doyl Rays.

Olimlarning aytishicha, bu rekord haroratni mavjud iqlim sharoitlarida yangilash mumkin emas. Bundan sovuqroq havo faqat ulkan harorat siljishlari sharoitida yuz berishi mumkin.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid