Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashina salonida gaz portlashi natijasida bir kishi vafot etib, bir kishi jarohat oldi
25 iyun kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida “O‘zbekiston” MFYda yashovchi B.M. boshqaruvidagi “PAZ-3772” rusumli yuk avtomashinasini “Kulba” MFY hududidan o‘tuvchi “G‘allaorol-Qo‘ytosh-Forish” yo‘lining 87-km.da haydab ketayotgan vaqtida, salon qismidagi gaz trubkasi yorilishi oqibatida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida salonda yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Chaqnash natijasida 11 yoshli yo‘lovchi S.G‘. kuyish jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan va uning birga yashovchi qarindoshi 13 yoshli O.G‘. hamda haydovchi B.M. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
13:52 / 11.06.2026