Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DSQda yangi inspeksiya va boshqarma tashkil etildi, bitta bosh boshqarma tugatildi
Foto: UzReport
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasida:
yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, jumladan, soliq hisobotlarini qabul qilish, kameral nazorat o‘tkazish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish majburiyati yuklatilgan Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash va ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan Tahlil boshqarmasi tashkil etildi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tugatildi.
Mavzuga oid
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023