Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq akademiyasi DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilindi
Soliq akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilindi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qitishning zamonaviy uslublarini, jumladan, malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, shuningdek, hududiy filiallarini tuzishni nazarda tutgan holda hukumat qarorini qabul qiladi;
qayta tashkil etilayotgan Soliq akademiyasining bakalavriat va magistratura talabalarining o‘qishini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutiga ko‘chirish choralarini ko‘radi.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 11 903 nafar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 257 nafar etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni bilan kelishilgan holda quyidagi huquqlar berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartishlar kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyalari, shuningdek, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tuzilmasini tasdiqlash;
davlat soliq xizmatining hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini, jumladan, “Soliq-servis” DUK tashkil etilishi munosabati bilan boshqaruv xodimlarining shtat birliklari qisqartirilishini hisobga olgan holda tasdiqlash;
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish.
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta'minlash ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom muhit shakllantirilishi;
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta'minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi;
soliq ma'muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;
davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta'minlanishi uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta'minlanishi;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;
soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishi;
nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘ymasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimi modernizatsiya qilinishi uchun;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining:
soliq ma'muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasi takomillashtirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;
soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik sub'yektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;
soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta'minlanishi;
sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolar shaxsan qabul qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va soliq kollejlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023