Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuror: Talabalar orasidan bo‘lajak prokurorlar belgilab olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov o‘tgan qisqa muddat ichida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetlari bilan imzolangan memorandumlarni eng katta erishilgan yutuqlardan biri sifatida e'tirof etdi. Bu haqda Bosh prokuror Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisidagi nutqida bildirgan.
«Ushbu memorandum hujjatlari asosida oliygohlarda «Bo‘lajak prokurorlar» klublarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Klubning asosiy maqsadi shundaki, talabalar orasidan biz bo‘lajak prokurorlarni belgilab, ular o‘sha talabalikning ilk kunlaridanoq prokuratura idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Umuman bu orqali amaliyotni o‘rganish masalasi qo‘yilgan», deydi Otabek Murodov.
Ta'kidlanishicha, joriy yilda 400dan ortiq oliygoh bitiruvchilari prokuratura organlariga ishga joylashadi.
«Ularning barchasi bilan shaxsan o‘zim suhbat qilyapman. Ularning dunyoqarashi boshqacha, ertaga bemalol ularni [lavozimga] tayinlab, yana bir karra o‘rgatsak, albatta, bemalol ishlab ketadigan darajadagi mutaxassislar bo‘lib chiqadi», deya Bosh prokuror so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
08:34 / 20.03.2025