Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati IIB yosh tergovchi va surishtiruvchilarni o‘z safiga qabul qildi
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan 16 nafar bitiruvchi Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘limlarining tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga tayinlandi. Viloyat IIB matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Yosh xodimlarga tergov jarayonida zarur bo‘ladigan barcha ish qurollari - kompyuter jamlanmasi, xizmat daftarlari, tergovchi maxsus sumkasi, amaliy qo‘llanma va eslatmalar, jinoyat, jinoyat protsessual va ma'muriy kodekslar xamda kantselyariya anjomlari topshirildi.
Toshkent viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.A.Allamurodov yosh xodimlarning ishga qabul qilinganini rasman e'lon qildi hamda ularning boshlanayotgan mehnat faoliyatida omad tiladi.
O‘tkazilgan tadbirda yangi lavozimga tayinlangan tergovchi va surishtiruvchilar xamda ularning ota-onalari so‘zga chiqib, yoshlarni ko‘llab-quvvatlaganliklari va ularning ilk qadamlaridanoq barcha kerakli anjomlar bilan ta'minlaganliklari uchun Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026