Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 oyda O‘zbekistonga 2,2 million xorijiy fuqaro tashrif buyurdi
Foto: KUN.UZ
29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni boshladi. Unda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston va AQShga, Turkiya va Turkmaniston prezidentlarining esa Toshkentga tashrifi, uchrashuvlarning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng, vazirlik oldiga qo‘yilgan masalalar birma-bir e'tirof etildi.
«Joriy yil yanvar oyida, prezident ishtirokida o‘tkazilgan videoselektroda 35ta xorijiy davlat bilan hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Ayni paytda, xorijdagi mashhur shaxslar, san'at va sport namoyondalaridan taklif etilgan vakillar O‘zbekiston turistik brendi elchisi sifatida xorijdagi O‘zbekistonning turistik imijini yaratishda yordam bermoqda», deydi vazir.
Abdulaziz Komilovning ta'kidlashicha, ayrim davlat fuqarolariga taqdim etilgan vizasiz hamda soddalashtirilgan viza rejimi natijasida besh oy ichida O‘zbekistonga 2,2 million xorijiy fuqarolar tashrif buyurdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 93 foizga ko‘p hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:58 / 20.12.2025
Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
18:24 / 04.09.2025
Mobil aloqa operatorlari abonentlar mablag‘ini ularning roziligisiz yechib olmoqda – senator
14:38 / 18.05.2024