Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov TIV duch kelayotgan muammolarni aytdi
Foto: TIV axborot xizmati
Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan muammolarning aksariyati o‘z yechimini topmoqda, ammo ba'zilari hozirgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy muassasalar orqali keladigan takliflarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan uzoq muddatlarda ko‘rib chiqilishi;
batafsil ishlab chiqilgan va professional tarzda tuzilgan investitsion loyihalarning kamligi;
hokimliklarda xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish borasida aniq rejalarning mavjud emasligi;
diplomatik vakolatxona xodimlarining hisobotlar tayyorlash bilan ortiqcha bandligi (oyiga 30 dan oshiq) sababli ular o‘z salohiyatlaridan to‘la foydalana olmayotganliklari kabi muammolar bor.
Mavjud muammolarni hal etish uchun quyidagilar taklif etildi:
idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish, xorijiy missiyalar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Vazirlik tomonidan kiritilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini tezlashtirish;
har bir xalqaro tashrif va xorijiy ishbilarmon doira delegatsiyalarining hududlarga kelishidan avval hokimiyatlar tomonidan oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish;
vazirliklar, idoralar va hokimliklar faoliyatiga xorijiy sheriklar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijalari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga hisobotlar taqdim etish amaliyotini kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda hisobot berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
turli sohalar bo‘yicha taqdim etilayotgan hisobotlar inventarizatsiyasini o‘tkazish va ularning sonini optimallashtirish.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026