Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada avtomobillaridan velosiped foydasiga voz kechadiganlar moliyaviy rag‘batlantiriladi
Italiya shimolidagi Chezena shahri ma'muriyati shaxsiy avtomobilida yurishdan velosipedda yurish foydasiga voz kechadiganlarni moliyaviy rag‘batlantirishga qaror qildi.
Endilikda ishiga velosipedda borib-keladiganlarga bosib o‘tgan har bir kilometr yo‘li uchun 25 sent to‘lanadigan bo‘ldi. Biroq to‘lanadigan pul miqdori cheklab qo‘yilgan – umumiy summa oyiga 50 yevro yoki kuniga 2,5 yevrodan oshmasligi kerak, deb xabar bermoqda Il Messaggero nashri.
Italiya atrof-muhit vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tajriba 2018 yil noyabrgacha davom etadi. Uning yakuniga ko‘ra bunday amaliyotni butun Italiya bo‘ylab qo‘llash bo‘yicha qaror chiqariladi. Boshlang‘ich dasturga 90 ming yevro ajratilgan.
Odamlar avtomobillaridan voz kechib, velosipedda bosib o‘tadigan yo‘l smartfonlar uchun yaratilgan maxsus dastur yordamida hisoblab boriladi. Dasturda ishtirok etish uchun shahar ma'muriyatida ariza to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026