Jahon | 00:24 / 29.06.2018
30692
2 daqiqa o‘qiladi

Shamoldan pul qilish: qirolicha Yelizaveta II’ning eng serdaromad biznesi ma'lum qilindi 

Bloomberg agentligi tahlilchilari Britaniya qirollik oilasining eng serdaromad biznesini ma'lum qilishdi. Aniqlanishicha, qirollik oilasiga ofshor shamol parklari uchun dengiz shelfining lizingga berilishi eng ko‘p daromad keltirar ekan. Bu biznes nafaqat daromadli, balki foydali hamdir. 2020 yilgacha dengiz shamoli Buyuk Britaniyadagi elektr energiyaga ehtiyojning 10 foizini qoplashi mumkin.

Qirolicha Yelizaveta II’ning aktivlarini The Crown Estate Ltd. kompaniyasi boshqaradi. Ayni vaqtda bu kompaniyaga Birlashgan Qirollikning turli qismlaridagi yirik ko‘chmas mulk obektlari, qishloq xo‘jaligi va shelf yerlari tegishli. Kompaniyaning 2017 yildagi sof daromadi 329,4 mln funt strelingni tashkil qilgan. Qonunga ko‘ra, daromadning bir qismi Britaniya g‘aznasiga o‘tkaziladi, qirollik oilasi esa o‘z navbatida o‘ziga tegishli ulushni oladi.    

Keyinchalik bu pullar Yelizaveta II va uning merosxo‘rlarining saroylari va rasmiy qarorgohlarini saqlash uchun sarflanadi. Misol uchun, shahzoda Garri va Megan Marklning nikoh to‘yiga xarajatlar Kensington saroyi tomonidan qoplangan.  

Avvalroq ma'lum qilinishicha, Yelizaveta II toji juda og‘irligidan shikoyat qilgan. Qirolicha toj og‘irligi sababli “uning bo‘ynini sindirib yuborishi mumkinligidan” xavfsirash bildirgan. Ta'kidlanishicha, qirolicha toji 1,3 kg og‘irlikda bo‘lib, uni 2868 ta brilliant, 17 ta sapfir, 11 ta zumrad va bir necha yuz marvarid bezab turadi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid