Ma’lum qilinişiça, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayadi. Ayrim hududlarda esa şamol tezligi ba’zida 20–23 m/s gaça kuçayişi va çang-tözonlar yuzaga kelişi mumkin.

Poytaxt Toşkent şahrida keçga tomon şamol tezligi 12–15 m/s gaça kuçayişi hamda çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli qayd etilgan.

Kuçli şamol va çang-tözonlar şaroitida fuqarolardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralmoqda. Xususan, avtotransport haydovçilariga yölda ehtiyot böliş, tezlikni me’yorda uşlaş, köriş masofasi pasayişi mumkinligini inobatga oliş tavsiya etildi. Şuningdek, piyodalarga daraxtlar, elektr simlari, reklama konstruksiyalari va quriliş maydonlari atrofida ehtiyot böliş, yengil buyumlarni mahkamlaş va imkoni boriça oçiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya qilinadi.

Mutasaddilar özgarişlar bölişi mumkinligini inobatga olgan holda rasmiy ob-havo xabarlari va ogohlantirişlarini kuzatib borişni maslahat bermoqda.