Jamiyat | 14:35 / 29.06.2018
4036
3 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanining innovatsion salohiyatini oshirish mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning 2018 yil 19 maydagi topshiriq xatida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish maqsadida Zangiota tumani hokim o‘rinbosarlari, hokimlik boshqaruv apparati mutaxassislari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat tashkilot va boshqarmalar boshliqlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari va boshqalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.    

Seminarda tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, innovatsion salohiyatni, investitsiya dasturini shakllantirish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, aholi turarjoylari massivlarini hududiy joylashtirish, sanoat salohiyatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi masalalari, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, yoshlar va uyushmagan yoshlar, oilalar bilan ishlash, xotin-qizlar masalalari, soliq, bank, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati, MTM va NMTMlar faoliyatini rivojlantirish, faxriylar, mahalla, tadbirkorlik, turizm, yoshlar tarbiyasi, huquq-tartibot kabi qator sohalarda olib borilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama etildi.

Seminarda mavzuning mazmun-mohiyatiga oid dolzarb muammolar va ularning yechimiga qaratilgan vazifalar belgilandi, tumanni rivojlantirishga oid masalalar bo‘yicha ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi, aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha interaktiv usulda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, o‘rganilayotgan sohani rivojlantirishning “yo‘l xaritasi”, uning ijro mexanizmlari va monitoringi shakllantirildi, mavzular bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining ish rejasi tayyorlandi.        

Aniq fakt va raqamlar, mulohazalar, ko‘rgazmalar asosida tahliliy tarzda o‘tgan seminarlar qizg‘in bahs-munozaralar, mulohaza va takliflarga boy bo‘ldi. 

O‘z muxbirimiz.
Baxtiyor Xidoyatov olgan suratlar.

Mavzuga oid