Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ancha yillar avval sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik bo‘lmaydi
Foto: ves-novgorod.ru
2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘rsatilganidek, jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlari qisqartirilishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – ikki yil;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – to‘rt yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - sakkiz yil;
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – o‘n to‘rt yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoiy tajovuzdan jabrlangan shaxslar huquqlari himoyasini amalda ta'minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar mansabdor shaxslarining mas'uliyatini oshirish maqsadida jinoyatni hisobdan olishni qasddan yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi muhokama etildi.
Mavzuga oid
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
12:28 / 24.01.2026