Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura huzurida yangi tashkil etilgan inspeksiya xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida yangi tashkil etilgan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organi xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda uning talablarini bajarmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, dalolatnomalarni va boshqa zarur hujjatlarni, materiallarni va ma'lumotlarni taqdim etishni, tekshirishlar, taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, inspeksiya organiga kelishdan, qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlashda ifodalangan tarzda inspeksiya organi xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish holati yuzaga kelsa, shaxs qonuniy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, inspeksiya organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, uning fikrlari bildirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqmaslik yoxud ularni to‘liq hajmda bajarmaslik, shuningdek inspeksiya organi xodimining g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga, qanday shaklda bo‘lmasin, ta'sir o‘tkazganlik uchun ham javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026