Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota hokimi yoshlar bilan uchrashdi, tumanda Yoshlar kutubxonasi ochildi
Joriy yilning 29 iyun kuni Zangiota tumani hokimligi binosi majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot vakillari va 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Tuman hokimi uchrashuvda yoshlarni 30 iyun - Yoshlar kuni bilan tabrikladi hamda yoshlar bilan suhbat qurdi. Suhbat davomida 70 dan ortiq yoshlarni qiynayotgan masalalar joyida hal etildi.
Shuningdek, shu kuni Zangiota tumanida Yoshlar kutubxonasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimdan so‘ng "U.Musayev" nomli o‘yingohida yoshlar kuniga bag‘ishlab festival tashkillashtirildi.
Festivalda tumandagi besh mingdan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi bayram bilan tabriklab, turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan 100 nafar yoshlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026