Taşrif davomida davlat rahbari mahalla hayoti, ekologiya, muhandislik, kitobxonlik madaniyati va tadbirkorlik sohalarida amalga oşirilayotgan taşabbuslar taqdimoti bilan tanişib, loyiha mualliflari bilan muloqot qildi.
Farğona tumanidagi Obod mahallasi yoşlar yetakçisi Islombek Muhammadjonov taşkil etgan “Obod ta’lim” öquv markazi orqali 600 nafar yoş zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga öqitilgani, xalqaro hamkorlik yölga qöyilgani va mahallada yoşlar işsizligi hamda jinoyatçilikning bartaraf etilişiga erişilgani qayd etildi.
Şuningdek, “Yaşil taşabbuslar” jamğarmasi koordinatori Gulira’no Mamirovaning ekologik va “yaşil” innovatsiyalar sohasidagi loyihalari, rassom Odinaxon Ma’murjonovaning ijodiy işlari hamda jismoniy imkoniyati çeklangan bolalar uçun “Öqi va yuksal” loyihasini amalga oşirayotgan Çinora Ğulomovaning taşabbuslari yuksak baholandi. Prezident uşbu yönalişlardagi loyihalarni tizimli qöllab-quvvatlaş böyiça mas’ullarga topşiriqlar berdi.

Körgazmaning startaplar maydonida Prezident maktabi bitiruvçisi, Çikago universiteti talabasi Asilbek Aşurov sun’iy intellekt asosidagi Makon AI ta’lim platformasini taqdim qildi. Bugungi kunda mazkur startap 100 mingdan ortiq foydalanuvçiga ega bölib, investorlardan 380 ming dollar sarmoya jalb qilgani va loyiha qiymati 3 million dollarga baholangani ma’lum qilindi.

Şuningdek, dunyoning yetakçi akseleratorlaridan biri – Y Combinator dasturining birinçi özbek iştirokçisi Sardorbek Rahmatulloyevning startap sohasidagi yutuqlari ham e’tirof etildi. Prezident yuqori texnologiyali loyihalarni mamlakatda keng joriy etiş va yoş tadbirkorlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolişini ta’kidladi.

Muhandislik va innovatsiyalar yönalişida Turin politexnika universiteti talabasi Biloliddin Ismoilov mahalliy antidron tizimlarini yaratiş böyiça işlari haqida ma’lumot berdi. Nukus davlat texnika universiteti talabasi Ayzada Asanovaning “Yangi avlod avtomobillari” loyihasi esa hududlarda muhandislik maktablari salohiyati yuksalib borayotganini namoyon etdi.










