KUN.UZ saytiga Toşkent viloyati Bekobod tumanida faoliyat yurituvçi fermer xöjaligidan murojaat kelib tuşdi. Unda davlat rahbarining fermerlar qarzdorligini 3 yilga muzlatiş töğrisidagi farmoniga qaramay, tuman MIB fermerdan 2018 yil 1 yanvar holatiga köra mavjud bölgan 30 mln sömdan ortiq mablağni tölaşni talab qiliş çoğida noqonuniy işlarni amalga oşirgani iddao etilgan edi. Fermer xöjaligi rahbarining sözlariga köra, agar zudlik bilan aniq çoralar körilmasa, bu yilgi şoli hosili nest-nobud bölişi mumkin.

Sayyor guruhimiz bilan uşbu tumanga bordik va dastavval “Abu Fotih Agro” fermer xöjaligi rahbari Mirzabahodir Abdukarimov bilan birgalikda vaziyatni örgandik. 

“Şolipoyaga suv qöyişimiz kerak, ammo MIB xodimi nasosni işlatiş uçun zarur bölgan katuşkani heç bir hujjatni rasmiylaştirmasdan, ötgan yilgi qarzdorligimizni undiriş maqsadida olib ketdi. 30 mln sömlik qarzdorlikni tölasang, katuşkani olasan, dedi. Mana körib turibsiz, şolilarga suv qöyişimiz kerak, ammo 5 kundirki, bunday qila olmayapmiz. Agar şu holda yana 5 kun tursa, şoli hosilini yöqotamiz”, - deydi M.Abdukarimov. 

Biz şoli maydonlarini aylanar ekanmiz, unib çiqqanlaridan taşqari, suv töxtab qolgani bois, unmagan maydonlarga ham közimiz tuşdi. 

“Axir bu yerga 8 tonna uruğlik sepildi. Işçilarimiz bor. Qolaversa, bu yil birinçi marotaba “Ohangaron Don” AJ bilan davlat ehtiyojlari uçun şartnoma imzolab, 33 tonna şoli yetkazib berişimiz kerak. Lekin hosil taqdiri noma'lum bölib turganidan keyin şunça xarajat ortidan kuz kelganda işçilarimizga nima berişni ham bilolmay turibmiz”- dedi Mirzobahodir aka. 

Ma'lum bölişiça, MIB xodimi fermer xöjaligining 2017 yildagi qarzdorligini undiriş maqsadida keskin yöl tutib, unişi uçun suv qöyilişi juda zarur bölişiga qaramay, nasos katuşkasini olib ketgan. Biroq bu holatni qonuniy hujjatlaştirmagan. Qolaversa, Prezidentning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3574-sonli qarorining 3-bandida fermer xöjaliklarining xizmat körsatuvçi taşkilotlar oldidagi qarzdorligi 3 yil muddatga muzlatilganini inobatga olmagan. 

Tuman elektr tarmoqlari bölimi esa, MIBga taqdim etgan hujjatida fermer xöjaligining qarzdorligini mazkur qarordan kelib çiqqan holda penyasiz qayta hisoblamagan. Buning sababini suriştirganimizda şoli yetiştiruvçi fermerlarga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 1144-sonli qaroriga muvofiq subsidiyalar ajratilişi nazarda tutilmagani bilan izohlaşdi. Vaholanki, Prezident qarorida paxta xom aşyosi va boşoqli don yetiştirişni moliyalaştiriş tizimini tubdan takomillaştiriş haqida söz boradi.