Farğonada pora bilan uşlangan MIB mansabdori jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 39 yoşli U.Ya. 2023 yil fevral oyidan MIB Farğona tuman bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan. U öz xizmat vakolatidan foydalangan holda, böysunuvidagi davlat ijroçisi iş yurituvida bölgan fuqarolik işlari böyiça sudning ijro varaqasi böyiça javobgarlarni uşbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda köçiriş yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab beriş evaziga 2 ming dollar talab qilgan.

U.Ya. 2025 yil 3 iyun kuni talab qilingan pul mablağidan 1200 dollarini pora sifatida olgan. 11 iyun kuni esa qolgan 800 dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.

Sudlanuvçi sudda aybiga qisman iqror bölgan.

“2025 yil aprel oyida tanişim özi bilan birga A.X.ni xizmat xonamga olib keldi. A.X. MIB Farğona tuman bölimi iş yurituvida A.Q.ga tegişli bölgan Farğona tumani, Xonqiz mahallasidagi uyda yaşayotgan fuqarolarni uydan çiqariş töğrisida ijro işi mavjudligini bildirdi. Uşbu işni hal qilib berişini söradi va A.Q. xizmat bölsa qilişini aytdi. Men qonuniy tarafdan yordam qilib, tezlaştirib berişimni aytdim va ular xizmat xonamdan çiqib ketişdi.

1 oydan söng A.Q. MIB Farğona tumani bölimi binosiga kelib, tezroq unga tegişli bölgan uyni böşatib berişini söradi. Unga ijro harakatlari ötkazilişini aytib, ketkazib yubordim. Ijroçi uyni böşatiş böyiça ijro 2025 yil taxminan 3-4 iyun kunlariga tayyorlanganini aytdi.

Şundan söng men va 5 nafar ijroçi xodim uşbu uyda noqonuniy yaşayotgan 6 nafar fuqaroni köçirdik. Sud qarori ijrosini ta’minlaganimizdan söng arizaçi MIB binosini ta’mirlaşga homiy böliş maqsadida 2 000 dollar berişini aytdi. Undan 1 200 dollar miqdoridagi pulni oldim. Uşbu pullarga Farğona tuman MIB binosini rekonstruksiya qilmoqçi bölgandim”, degan u öz körsatmasida.

U.Ya. qilgan işidan puşaymonligini aytib, suddan yengillik söragan.

JIB Uçköprik tuman sudining hukmi bilan U.Ya. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 3 yil huquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda ötaş belgilangan. 

U.Ya.ning tezkor tadbirda pora bilan qölga olingani oldinroq xabar