Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta yer dengizida 3 kun ichida 200dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi
3 kun ichida O‘rta yer dengizida Yevropaga yetib olish ilinjida bo‘lgan 200 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lum qildi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Liviya sohillari yaqinida o‘lim darajasi keskin oshib ketgan.
“Kontrabandachilar O‘rta yer dengizini kechib o‘tish ortidan qat'iy nazorat kuchga kirishidan oldin qochqinlarning Yevropaga ketishga kuchli istagidan foydalanmoqda”, deb aytgan XMTning Liviyadagi rahbari Otman Balbaysiy.
29 iyunning o‘zida noqonuniy muhojirlar ketayotgan kemaning halokatga uchrashi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan. 29 iyundan 1 iyulgacha Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Yevropaga qayiqlarda ketayotgan mingdan ko‘proq qochqinni ushlab, Liviyaga qaytargan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026