Sport | 02:02 / 02.07.2018
13438
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Jahon chempionati 1/8 finalining navbatdagi o‘yinida Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari kuch sinashdi. "Nijniy Novgorod" stadionida kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 2-daqiqada Matias Yorgensen Daniyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib, Mario Manjukich hisobni tenglashtirdi. 
Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

1/8 final. 

Xorvatiya – Daniya 1:1 (0:0, 0:0, 0:0, 3:2).

Gollar: 0:1 – Yorgensen (1), 1:1 – Manjukich (4).
Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 81), Vrsalko, Vida, Modrich, Rakitich, Perishich (Kramarich, 97), Brozovich (Kovachich, 71), Rebich, Manjukich (Badel, 108).
Daniya: Shmeyxel, Ker, Kristensen (Shene, 46), Knudsen, Yorgensen, Dileyni (Kron-Deli, 98), Eriksen, Dalsgor, Poulsen, Kornelius (Yorgensen, 66), Breytueyt (Sisto, 105).
Penaltilar seriyasi: 0:0 - Eriksen (darvozabon), 0:0 – Badel (darvozabon), 0:1 – Ker, 1:1 – Kramarich, 1:2 - Kron-Deli, 2:2 – Modrich, 2:2 - Shone (darvozabon), 2:2 - Pivarich (darvozabon), 2:2 – Yorgensen N. (darvozabon), 3:2 – Rakitich.
Ogohlantirishlar: Yorgensen (115).

Mavzuga oid