Xitoy jahon moliya bozorida eng yirik o‘yinchiga aylanmoqda
Buyuk Britaniyaning nufuzli The Banker jurnali har yili jahon banklari reytingini e'lon qilib boradi. Bu safargi reytingning eng yuqori to‘rt pog‘onasidan Xitoyning to‘rtta eng yirik banki joy oldi.
Reyting banklarning birinchi darajadagi kapital ko‘rsatkichlari asosida tuziladi. Unga ko‘ra, ICBC mana olti yildirki yetakchilik maqomini saqlab kelmoqda. Bankning kapitali 324 milliard dollarga baholangan. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda China Construction Bank (272 milliard dollar), Bank of China (224 milliard dollar) va Agricultural Bank of China (218 milliard dollar) banklari qayd etilgan.
Tahlilchilarning fikricha, Xitoy bank sohasidagi daromadlarning o‘sishi bo‘yicha ham boshqa mamlakatlarni ortda qoldirmoqda. XXR banklari hisobot davrida jami 29,3 milliard dollar daromad olishgan. Banklar faoliyatidan topilgan daromadlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Italiya va Britaniya bank moliya muassasalari joy olgan.
Mavzuga oid
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
21:19 / 28.08.2023
Bank kartasidan o‘g‘riliklar uchun javobgarlik belgilanadi
18:23 / 03.06.2023
Sotilayotgan AYoQShlar, gaz muzokarasi va “Ochiq budjet”ga ko‘proq pul – iqtisodiy taymlayn
19:51 / 24.04.2023