Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassislar Xitoyda taxminan 280 ta yadroviy jangovar kallak borligini ma'lum qilishdi
Xitoyning yadroviy qurol-aslahasida taxminan 280 ta jangovar kallak bor va yaqin o‘n yillikda yanada ko‘payishi mumkin. Bunday bahoni Bulletin of the Atomic Scientists nashrida Amerikalik olimlar federatsiyasining yadroviy axborot dasturi direktori Xans Kristensen va uning hamkasbi Robert Norris berganlar.
“Xitoy 1980-yillarda boshlagan yadro qurolini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Qurollanishga ballistik raketalarning yangi turlari hamda mavjud qit'alararo ballistik raketalar uchun takomillashtirilgan mobil pusk qurilmalari olinmoqda”, deb aytishgan tadqiqot mualliflari.
Kristensen va Norrisning aytishicha, 280 ta yadroviy jangovar kallak mo‘ljalga 120-130 ta yer sirtida joylashgan, 48 ta dengizda joylashgan ballistik raketa va 20 ta bombardimonchi yordamida yetkazilishi mumkin. Jangovar kallaklarning asosiy qismi 200-300 kilotonna kuchga ega.
Shuningdek, Xitoyda yadroviy dvigatelga ega 4 ta suv osti kemasi mavjud bo‘lib, ulardan har birida 12 tadan pusk qurilmasi bor. Suv osti kemalari ballistik raketalari 7 ming kmgacha ucha oladi. “Bu Xitoy sohillari yaqinida turib, Alyaska, Guam, Gavayi, Rossiya va Hindistonga zarba berishga yetarlidir. Agar suv osti kemalari sharqqa tomon yo‘nalsa, unda uning raketalari AQShning qit'adagi qismigacha jangovar kallaklarni yetkazishi mumkin”, deb aytishmoqda tadqiqotchilar.
5 fevral holatiga ko‘ra, AQSh 652 ta yadroviy qurol tashuvchiga (qit'alararo ballistik raketa, suv osti kemalari ballistik raketasi) va 1350 ta jangovar kallakka, Rossiya esa 527 ta yadroviy qurol tashuvchiga va 1444 ta jangovar kallakka ega.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026