Jahon | 07:57 / 04.07.2018
10620
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyaning sobiq eng boy odami 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: REUTERS/Ueslei Marcelino

Braziliyalik tadbirkor Eyke Batista korrupsiya va pul yuvishda ayblanib, 30 yillik qamoq jazosi oldi. 2012 yilda u 30 mlrd dollarlik boylik bilan Braziliyaning eng boy odami hisoblangan hamda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kirgan.

Globo telekanalining ma'lum qilishicha, tergov 61 yoshli Batistani oltin konini sotib olish uchun Rio-de-Janeyro shtati gubernatoriga 16,5 mln dollar pora berganlikda aybdor deb topgan.

Tadbirkor suddan qochib AQShda yashirinib yurgan, biroq 2017 yil yanvarda Braziliyaga kelganda hibsga olingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid