Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kalamush Taybey metrosida sarosima keltirib chiqardi
Foto: taiwannews.com.tw
Taybeyda metro vagoniga kirib qolgan kalamush sarosima keltirib chiqardi. Buning natijasida bir necha kishi jabrlangan, deb xabar berdi Taiwan News nashri.
Kalamush poyezd stansiyadan siljiganda payqab qolingan. Kalamushni ko‘rib ko‘rqib ketgan yo‘lovchilar baqir-chaqir qilib boshqa vagonga yopirilishgan. Bu odamlarga kalamushni ko‘rmagan odamlar ham qo‘shilib ketgan. Olomon orasidan kimdir yo‘lovchilarga bir kishi pichoq bilan hujum qilayotgani haqida gap tarqatgan.
Shundan keyin vagonlarda tiqilinch yuzaga kelgan. Odamlar sarosimada yugura boshlashgan, ba'zilar oyoq ostida qolib ketgan. Poyezd keyingi stansiyada to‘xtaganda, poyezd ichidagi yo‘lovchilar tashqariga otilib, platformada turgan boshqa yo‘lovchilarni yiqitib ketishgan.
Bo‘shab qolgan vagonlar suratlari va videosida polda shoshilinchda tushirib qo‘yilgan buyumlar, telefon va oyoq-kiyimlar yotganini, shuningdek, qon izlariga o‘xshash dog‘larni ko‘rish mumkin. Ikki kishi jarohat olgan.
2014 yilda Taybey metrosida pichoq bilan qurollangan kishi poyezddagi yo‘lovchilarga hujum qilgan. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohat olgan. Qotil so‘roq qilinganda yoshligidan shunday hujumni rejalashtirib yurganini aytgan. U 144 yillik qamoq va 4 marta qatl etish jazosiga mahkum qilingan. Qotil 2016 yilda otib tashlash yo‘li bilan qatl etilgan.
Mavzuga oid
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
12:30 / 03.02.2026
Yerusti metro liniyasi ostidagi avtomobil ustiga fasad suvog‘i bo‘lagi tushib ketdi
15:48 / 24.01.2026