Toşkent metropolitenida yölkira haqini tölaşning yangiça tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida közda tutilgan.
Yölkira haqini tölaşning yangiça tizimida quyidagi majburiy tamoyillar aks etadi:
- yölovçi bosib ötgan masofasi yoki bekatlar soniga qarab haq tölaydi;
- muayyam aholi qatlamlariga imtiyozlar beriladi;
- yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida kunlik, haftalik va oylik abonementlar yölga qöyiladi.
Yangi tizimni 2027 yil 1 yanvardan boşlab amaliyotga tatbiq etiş nazarda tutilgan bölib, tegişli takliflar olti oy muddatda "Toşkent metropoliteni" AJ kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi lozim.
Avvalroq, Toşkent metropolitenida yölovçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida metro bekatlarida vending apparatlari va kiçik savdo nuqtalarini joylaştiriş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi. Bu çoralar 2028 yil yakuniga qadar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.













