Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Respublika Qonunchilik hujjatlari milliy bazasi saytida shu haqida ma'lum qilindi. Mazkur qonun 2018 yilning 12 iyunida qabul qilingan, 28 iyunida Senat tomonidan ma'qullangan. Qonunni qabul qilishdan maqsad - mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan taqdirda, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal kilish usuli.
Qonun matnida mediatsiya haqidagi asosiy tushunchalar, mediatsiya tamoyillari, maxfiylik va ixtiyoriylik prinsiplari, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi tamoyillari, mediatorning mustaqilligi va xolisligi, mediatorga qo‘yilgan talablar kabi ko‘plab moddalar keltirilgan.
"Davlat organlarining ish bo‘yicha mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘idagi harakatlari"ga doir moddaga ko‘ra:
- Qonunda nazarda tutilgan holatlarda vakolatli davlat organi ishning muhokamasini koldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun muddat tayinlashi mumkin;
- Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida davlat organining bevosita aralashuvi taqiqlanadi;
- Sudda ish qo‘zg‘atilganidan keyin mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari protsessual konun hujjatlarida belgilanadi;
- Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida qurish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli davlat organining ish yurituvida turgan bo‘lsa, darhol o‘sha sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi;
- Nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal kilingan takdirda, to‘langan davlat boji qaytarilishi lozim.
Bundan tashqari, qonun matnida mediatsiya bilan bog‘liq qator atama va tushunchalarga izoh berilgan, professional mediatorlar reyestri taqdim etilgan.
Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Qonun to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarni Qonunchilik hujjatlari milliy bazasi saytidan olishingiz mumkin.
Mavzuga oid
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024