Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qayerlarda o‘tkaziladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tomonidan 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilish joylari ma'lum bo‘ldi. Unda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxati Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga kirish uchun test sinovlari Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi (Niyozbek yo‘li 3-tor ko‘chasi) oliy ta'lim muassasalararo universal sport kompleksining pavilonida o‘tkaziladi. Sport paviloni sig‘imi 1100 kishiga mo‘ljallangan. Akademiyaga kirish uchun 1000 dan ortiq nomzod bo‘lib, aksariyati o‘zbek tili lotin alifbosida, qolganlari esa qoraqalpoq tili lotin alifbosida hamda rus tilida test sinovini topshiradi.
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga kirish uchun Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi (Beruniy ko‘chasi) Respublika ko‘rgazma savdo markazida bo‘lib o‘tadi. Uning sig‘imi salkam 1500 kishiga mo‘ljallangan. Test sinoviga kirishga 1000 nafardan ortiq nomzod bo‘lib, ularning 1100 nafarga yaqini o‘zbek tili lotin alifbosida, qolganlari qoraqalpoq tili lotin alifbosida hamda rus tilida test sinovini topshiradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetiga kirish uchun test sinovlari Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatining sport majmuasi zalida o‘tkaziladi. Majmua sig‘imi 300 kishiga mo‘ljallangan. Test sinoviga kirishga 300 nafardan ortiq nomzod bo‘lib, ularning 95 foizi o‘zbek tili lotin alifbosida va 5 foizi rus tilida test sinovini topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga kirish uchun test sinovlari Jizzax shahridagi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport pavilonida o‘tkaziladi. Sport zalining sig‘imi 650 kishiga mo‘ljallangan. Test sinovlarini 600 nafardan ziyod nomzod topshirishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026