Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 3,6 milliard so‘mlik «kepak» operatsiyasini fosh etishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekistonga yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Qo‘shni davlatdan «S.Najimov» chegara bojxona posti orqali respublikaga kirib kelgan fuqaro T.X boshqaruvidagi «Volvo FM 12» rusumli hamda fuqaro A.A.boshqaruvidagi «Scania Nederland» rusumli yuk avtoulovlari bojxonachilar tomonidan to‘xtatilib, bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Ushbu yuk avtoulovlari haydovchilari tomonidan bojxona organiga taqdim etilgan soxta hujjatlarda yuk jo‘natuvchi korxona nomidan yuk qabul qiluvchi nomiga go‘yoki «bug‘doy kepaklari» tovarlari yuborilgani qayd etilgan edi.
Ammo, ushbu avtoulovlar yukxonalarini ko‘zdan kechirish natijasida hujjatlarda ko‘rsatilgan «bug‘doy kepagi» tovarlari umuman yo‘qligi va aksincha ularning o‘rnida qiymati 3,6 milliard so‘mlik 241 xil turdagi xalq xo‘jalik mollari va kimyoviy suyuqliklar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026