Yekaterinburgda odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Interpol xodimlari transport politsiyasi xodimlari bilan hamkorlikda odam savdosi va qotil yollashda ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Nakanune.RU nashrining xabar qilishicha, ayol tez orada Gruziyaga topshiriladi.
Ekstraditsion tekshiruvda aniqlanishicha, ayol 2012-2013 yillarda Gruziyaga kelgan va to‘rt nafar vatandosh qizlarni yuqori maosh va'da qilib Gruziyada ishlashga taklif qilgan. Qizlar kelishgach, ularning pasportlarini olib qo‘ygan va fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Qizlardan biri u haqida politsiyaga shikoyat qilishini aytib qochishga uringanida ayol qizni o‘ldirish uchun qotil yollagan va o‘zi Rossiyaga qochib ketgan.
Rossiya bosh prokurori o‘rinbosari Gruziya adliya vazirligining ayolni Gruziyaga topshirish haqidagi so‘rovini qanoatlantirgan.
Mavzuga oid
22:30 / 25.10.2024
Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab sotgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi
15:55 / 09.10.2024
Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:50 / 20.07.2024