Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShga qarshi savdo urushida amaliy choralar ko‘rishni boshladi
Xitoy bojxonasi mamlakatning ayrim yirik portlarida AQShdan import qilingan tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini paysalga sola boshladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo tortishuvlari keng qamrovli savdo urushiga aylanib ketish ehtimoli ortidan shunday holat kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda.
Jumladan, Shanxay porti bojxonasi AQShdan keltirilgan ayrim mollarni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatgan.
AQSh 6 iyulga o‘tar kechasi Xitoy mahsulotlariga 34 mlrd dollarlik import bojlariga boj amalga kiritilganidan so‘ng, shunday xabarlar paydo bo‘la boshlagan. Ta'kidlanishicha, bojxona rasmiylashtiruvini to‘xtatish bo‘yicha bevosita ko‘rsatma bo‘lmagan, ammo portlardagi bojxonalar yangi bojlar kuchga kirgani munosabati bilan ko‘rsatmalarni kutmoqda.
Bojlar bilan vujudga kelgan noaniqliklar treyderlar o‘rtasida asabiylikka sabab bo‘lmoqda. Bu esa, fyucherslar savdosida beqarorlikni keltirib chiqaryapti.
Xitoy 6 iyul kuni AQShda ishlab chiqilgan 800 turdagi mahsulotga 34 mlrd dollarlik yangi bojni javob chorasida sifatida joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026