Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy dunyo bo‘ylab harbiy qudratini kengaytirishni rejalamoqda
Xitoy butun dunyoda milliy strategik manfaatlarini himoya qilish maqsadida harbiy qudratini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Japan Times nashri yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, hujjatlarda Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari mintaqasida, shuningdek, AQSh va qo‘shni mamlakatlar, jumladan Yaponiya bilan keskinlikning kuchayib borayotgani haqida so‘z borgan.
Ushbu hujjat XXR Markaziy harbiy komissiyasida tarqatilgan. Manbaga ko‘ra, harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv tizimi 4 darajali tuzilmadan 3 darajaliga o‘zgartiriladi, strategik doktrinaga ham tuzatishlar kiritilishi kerak.
Hujjatda strategik front borasida aytilishicha, garchi Xitoy xalq ozodlik armiyasi qirg‘oq mudofaasida jangovar shayligi yuqori bo‘lsa-da, u quruqlik va havoda o‘zining amaliyotlar hududidan tashqarida ham salohiyatini mustahkamlashi talab etiladi.
Yangi davr talabidan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritilgan harbiy strategiya «inqirozni yanada yaxshiroq boshqarish, mojaroni to‘xtatib qolish, urushda g‘alaba qozonish, Xitoy kommunistik partiyasi va rais Si Tszinpin tomonidan ilgari surilganidek, mamlakatning strategik manfaatlarini har tomonlama kengaytirish va maqsadlarni amalga oshirish» imkonini beradi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026