Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pulemyot ushlab olgan Tramp amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi
AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li Kichik Donald Tramp AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan amerikaliklarni otasining antiqa surati bilan tabrikladi. Surat Kichik Trampning Instagram’dagi sahifasida joylashtirilgan.
Suratda AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh mustaqilligi uchun urush zamonidagi harbiy kiyimda tasvirlangan. U bir qo‘lida minigan (pulemyot) ushlab turibdi, ikkinchi qo‘lida esa AQSh ramzi bo‘lgan qush – oqbosh suvburgut o‘tiribdi. Orqa fonda esa AQSh bayrog‘i hilpirab turibdi.
“Bu ajoyib”, deb izoh qoldirgan suratga Kichik Tramp. Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari u bu surat bilan nima demoqchi bo‘lganini anglashmagan. “Sen meni mazax qilyapsanmi? Tramp ikki marta urushga borishdan bo‘yin tovlagan, sen esa unga harbiy kiyim kiydirib qo‘yibsan? Faxriylarga qanchalik hurmatsizlik”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri. Boshqalar ham uni qo‘llab-quvvatlab, prezidentni “soxta vatanparvar” deb atashgan.
Boshqa foydalanuvchilar esa bu suratdan o‘zlarini yomon his qilishgan. “Dahshatli va vahima soluvchi surat”, deb yozganlar ba'zi foydalanuvchilar.
Mavzuga oid
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026