Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya BMTni ma'ruzalarga pul sarflash o‘rniga odamlarga yordam berishga chaqirdi
Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
Suriya BMTga mamlakatdagi vaziyat haqida axborot to‘plash va ma'ruzalar tayyorlashga pul sarflashni bas qilishni, buning o‘rniga xalqqa yordam berishni boshlashini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jafariyning maktubida aytiladi.
"Suriya hukumati yana bir bor Xavfsizlik kengashi mazkur oylik ma'ruzalarni chop etishni bas qilishi kerakligini, bu ma'ruzalar faqat bir maqsad - ig‘vogarona faoliyat orqali Suriyaga dushmanona kayfiyatda bo‘lgan davlatlar manfaati uchun xizmat qilishini bildiradi", — deyiladi bosh kotib hamda muvofiqlashtirish va gumanitar masalalar boshqarmasining 51-ma'ruzasiga javoban yozilgan maktubda.
Bundan tashqari, doimiy vakil BMT Xavfsizlik kengashi "moliyaviy va insoniy resurslarni Suriya xalqiga xayoliy emas, balki haqiqiy yordam berishga sarflashi kerak"ligini qayd etgan.
"Bu oylik ma'ruzalar o‘rniga professional va ishonchga loyiq choraklik ma'ruzalar tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘lardi", — deydi Jafariy.
Jafariyning yozishicha, "Ma'ruza mualliflarini Xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi rezolyutsiyalarini buzishgani va Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan "Jabhat an-Nusra", "Levanta ozodlik tashkiloti" va ular bilan aloqador guruhlarga nisbatan "Idlibdagi qurollangan muxolifat" iborasini qo‘llagani uchun javobgarlikka tortish lozim".
Mavzuga oid
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
12:15 / 19.12.2025