Jahon | 17:20 / 07.07.2018
12438
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni ortmoqda

Foto: Kyodo

Yaponiyada kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafarni tashkil qilmoqda. 

Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatning bir qancha hududlarida tabiiy ofat tahdidi ortishi munosabati bilan 4,72 million kishi evakuatsiya uchun ko‘rsatma olgan.

Qayd etilishicha, yana 50dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Qidiruv va qutqaruv ishlariga Yaponiya maxsus xizmatlari safarbar etilgan. Vaziyat og‘ir hududlarda jami 48 mingdan ortiq kishi ish olib bormoqda.

Daryolarning o‘zanidan chiqishi oqibatida mamlakat kommunikatsion tizimlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan, Kyushu oroli shimolida ko‘chkilar sabab temiryo‘llar loy ostida qolgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid