Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 27 nafarga yetdi, yana 47 kishi bedarak yo‘qolgan
Yaponiyada kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari 27 kishini hayotdan olib ketdi, 47 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda NHK telekompaniyasiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
Mamlakatning ayniqsa g‘arbiy va markaziy qismlarini qamrab olgan tabiiy ofat tufayli 1,6 milliondan ziyod aholi o‘z uylaridan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.
Yaponiya Meteorologiya agentligi mamlakatning asosiy qismini tashkil etuvchi Honshu oroli g‘arbida yashovchi aholini hushyorlikka chaqirib, ushbu favqulodda surunkali yomg‘irlarni «tarixiy yog‘ingarchilik davri» deb atagan.
Hukumat rasmiysi Yoshihide Suga bergan ma'lumotga ko‘ra, politsiya, o‘t o‘chirish xizmatlari va mamlakat mudofaa kuchlaridan 48 ming nafarga yaqin xodim toshqinlar va ko‘chkilar sabab xavf ostida qolayotgan aholi yashash punktlarida qutqaruv safarbarligiga jalb etilgan.
Daryolarning o‘zanidan chiqishi oqibatida mamlakat kommunikatsion tizimlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan, Kyushu oroli shimolida ko‘chkilar sabab temiryo‘llarni tuproq qoplagan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026