Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya tabiiy ofat qurbonlari soni oshdi
Yaponiyada surunkali yomg‘irlar oqibatida ro‘y berayotgan ko‘chkilarda qurbon bo‘lganlar soni 100dan oshdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 103 kishining yostig‘ini quritgan, yana 56 kishi bedarak yo‘qolgan. Yaponiyalik qutqaruvchilar mudofaa kuchlari bo‘linmalari ko‘magida qidiruv-qutqaruv amaliyotlarini davom ettirgan.
Mamlakatning 19 provinsiyasida istiqomat qiluvchi qariyb 5 mln kishi uchun evakuatsiya tavsiyasi saqlanib qolmoqda. 30 mingga yaqin odam o‘z uylarini tark etib, maxsus markazlarda jon saqlamoqda.
Tabiiy ofat natijasida transport harakatida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim yirik zavod va korxonalar noma'lum muddatga ishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026