Jahon | 09:10 / 10.07.2018
7173
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada to‘fon yaqinlashayotgani sababli 55 ming kishiga evakuatsiya tavsiya qilindi

Foto: AFP/ Martin Bureau

Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Miyako arxipelagida joylashgan Miyakodzima shahrining barcha aholisi “Maria” to‘foni yaqinlashayotgani sababli evakuatsiya qilinish tavsiyasini olishdi.

To‘fon shu prefekturadagi Sakisima orollari guruhiga yaqinlashib qolgan. To‘fon markazidagi shamol tezligi 50 m/soniyani, kuchayganda esa 70 m/soniyani tashkil qilmoqda.

12 metrlik to‘lqinlar bo‘lishi, 350 mmgacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ob-havo mutaxassislari oldindan xavfsizlik choralarini ko‘rish, dengizga yaqinlashmaslik va ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslikka chaqirishmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid