Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXX xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar hisobiga rag‘batlantirib boriladi
«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan solinadigan va Ichki ishlar vazirligining Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa harakatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilandi.
Jamg‘arma mablag‘laridan faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun foydalaniladi.
Mavzuga oid
19:37 / 30.12.2024
Farg‘onada YPX mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
11:47 / 06.10.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan Damas yo‘lovchisi o‘qotar qurol olib ketayotgani aniqlandi
21:27 / 25.09.2024